Efiopiyada 67 mingdan ortiq bola suv toshqinlari tufayli maktabga bora olmadi

Efiopiya sharqidagi Somali hududida 67 mingdan ortiq bola kuchli yomg'ir sabab bo'lgan suv toshqinlari tufayli maktabga bora olmadi.

2092451

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamg'armasi (UNICEF) tomonidan qilingan yozma bayonotda, Efiopiyadagi suv toshqinlarining ta'limga salbiy ta'sir qilganiga diqqat qaratildi.

Bayonotda, mamlakatning Somali hududida haddan tashqari yog'ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari tufayli 67 mingdan ortiq bolaning maktabga bora olmagani bildirildi.

Bayonotda maktabga borolmaydigan bolalarning 42 foizini qizlar tashkil etgani, viloyatda 833 ming kishining insonparvarlik yordamiga muhtojligi qayd etildi.

Sharqiy Afrikada bir necha oydan beri davom etayotgan kuchli yomg'irlar Efiopiya bilan birga Somali va Keniya kabi davlatlarga ham salbiy ta'sir ko'rsatdi.

Tanlangan kalimalar: #Suv toshqin , #Maktab , #bola , #67 ming , #Efiopiya

Aloqador xabarlar