Germaniya G‘azoda tezlik bilan otashkesim yoʻlga qoʻyilishini talab qildi

Tashqi Ishlar vaziri Baerbock, Belgiya poytaxti Bryusselda uyushtirilgan Yevropa ittifoqi (YI) tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi yigʻilish oldidan bayonot berdi.

2091884
Germaniya G‘azoda tezlik bilan otashkesim yoʻlga qoʻyilishini talab qildi

Germaniya Tashqi Ishlar vaziri Annalena Baerbock, Falastin xalqiga insonparvarlik yordami yetkazib berish uchun G‘azoda tezlik bilan otashkesim yoʻlga qoʻyilishini talab qildi.

Tashqi Ishlar vaziri Baerbock, Belgiya poytaxti Bryusselda uyushtirilgan Yevropa ittifoqi (YI) tarkibidagi davlatlarning tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi yigʻilish oldidan bergan bayonotida:

“Gʻazodagi vaziyatni yumshatish, ayniqsa bolalarning aql bovar qilmaydigan azoblarini yengillashtirish hamda Xamas tomonidan garovga olinganlarni ozod qilish uchun Gʻazoda otashkesimga ehtiyoj bor”. – dedi.

Baerbock, Yevropa ittifoqi yigʻilishida asosan Gʻazoga koʻproq insonparvarlik yordami yetkazib berish yoʻllari va otashkesim uchun diplomatik sa’y – harakatlarni muhokama qilishlarini ifoda etib:

“Falastinliklar xavfsizlik ichida, qadr – qimmati bilan yashay olgandagina Isroil ham xavfsiz ravishda yashashi mumkin. Falastinliklar ham Isroil xavfsizlik ichida yashay olgandagina qadr - qimmati, xavfsizlik ichida va erkinlikda yashashi mumkin”. – deya gapirdi.

Baerbock, Isroil - Falastin muammosini hal qilishning yagona yoʻli muammoni ikki davlat asosida hal qilishdan iborat ekanini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar