Isroil harbiylari Livan janubiga dron vositasida zarba berdi

Hujum oqibatida 1 kishi halok bo'lgan, 5 kishi yaralangan.

2091512
Isroil harbiylari Livan janubiga dron vositasida zarba berdi

 

Isroil harbiylari Livan janubida bir transportga uchuvchisiz uchish apparati vositasida hujum qildi.

Hujum oqibatida 1 kishi halok bo'lgan, 5 kishi yaralangan.

Livan matbuotida chop etilgan xabarga ko'ra, ushbu voqea kecha mamlakat janubidagi Kafra hududida Livan harbiy nazorat punkti yaqinida ro'y bergan.

Hujum Livan-Isroil chegarasidan taxminan 8 kilometr uzoqlikda amalga oshirilgan bo'lib, hujumga uchragan avtomobil yonib ketgan.

Isroil matbuoti xavfsizlik manbalariga tayangan xabarlarda, hujumda Hizbullohning ikki nafar a’zosi o’ldirilgani, bir nafari esa qochishga muvaffaq bo’lganligi bildirildi.


Tanlangan kalimalar: #Livan , #Isroil

Aloqador xabarlar