Burkina-Fasoda hukumatni ag‘darishga uringan jinoiy guruh yo‘q qilingani ma’lum qilindi

Hukumat matbuot kotibi Jan-Emmanuel Ouedraogo o'z bayonotida 14 yanvar kuni o'tish davri hukumatiga qarshi davlat to'ntarishini rejalashtirgan jinoiy guruh a'zolari qo'lga olinganini ma'lum qild

2091006
Burkina-Fasoda hukumatni ag‘darishga uringan jinoiy guruh yo‘q qilingani ma’lum qilindi

Burkina-Fasoda hukumatni ag‘darishga uringan jinoiy guruh yo‘q qilingani ma’lum qilindi.

Hukumat matbuot kotibi Jan-Emmanuel Ouedraogo o'z bayonotida 14 yanvar kuni o'tish davri hukumatiga qarshi davlat to'ntarishini rejalashtirgan jinoiy guruh a'zolari qo'lga olinganini ma'lum qildi.

Ouedraogo, to’ntaruvga uringan to’dada ko’plab harbiylar, tinch aholi va faollar ishtirok etganini, tergov jarayonining davom etganini qayd etdi.

Hozirgi o‘tish davri hukumati rahbari Ibrohim Traore 2022-yil 30-sentabrda davlat to‘ntarishi bilan hokimiyatga kelgan polkovnik Pol-Anri Sandaogo Damibani ag‘darib, prezidentlik lavozimini egalladi.

Damiba ham 2022-yil yanvarida o‘sha paytdagi prezident Roch Mark Kristian Kaborni ag‘darib, hokimiyatni qo‘lga kiritgan edi.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Ouedraogo , #matbuot kotibi , #Burkina-Faso

Aloqador xabarlar