AQSh Husiylarni global terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi

AQSh rasmiylari “Ansorulloh” harakati (yamanlik husiylar nomi bilan ham tanilgan) Qizil dengizda kemalarga hujumlari munosabati bilan global terrorchilar ro‘yxatiga (Specially Designated Global Terrorist) kiritilganini e’lon qildi.

2090274
AQSh Husiylarni global terrorchilar ro‘yxatiga kiritdi

 

AQSh rasmiylari “Ansorulloh” harakati (yamanlik husiylar nomi bilan ham tanilgan) Qizil dengizda kemalarga hujumlari munosabati bilan global terrorchilar ro‘yxatiga (Specially Designated Global Terrorist) kiritilganini e’lon qildi.

Bu haqda Oq uyning milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.

U aytganidek, husiylarni terrorchilar ro‘yxatiga kiritish ularning moliyalashtirilishini oldini olishda muhim vosita bo‘ladi.

Qaror 30 kundan keyin kuchga kiradi. Agar husiylar Qizil dengizdagi hujumlarini to‘xtatsa, bu masala qayta ko‘rib chiqiladi, deb aniqlik kiritdi Oq uy mulozimi. 

Husiylar bu qaror bilan “Immigratsiya va fuqarolik qonuni” hamda “Global terror tashkilotlari haqidagi 13224-sonli qarori doirasida husiylar takror “Global terrorchilar” ro‘yxatiga kiritiladi.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken mavzuga oid yozma bayonotida, "Husiylar o'z faoliyatlari uchun javobgar bo'lishlari kerak. Biroq, bundan Yamanning tinch fuqarolari mas’ul bo'lmasligi kerak. AQSh Davlat departamenti o'z harakatlarini amalga oshirishda Yaman xalqiga potentsial ta'sirlarni kamaytirish uchun muhim qadamlar qo'yadi", dedi.

Eslatish joizki, 2021 yil yanvarda Donald Tramp ma’muriyati “Ansorulloh”ni xorijiy terroristik tashkilot (Foreign Terrorist Organization) sifatida belgilagan edi. Shundan so‘ng, BMT bunday qaror Yamanda og‘ir inqiroz va keng tarqaladigan ocharchilik xavfini keltirib chiqarishi haqida ogohlantirdi. 

Bir oy o‘tgach, 16 fevral kuni husiylar yangi prezident Jo Bayden ma’muriyati qarori bilan terrorchilar ro‘yxatidan chiqarildi.

Oq uyning ta’kidlashicha, bu qaror og‘ir gumanitar vaziyat bilan bog‘liq, chunki guruhning terrorchilar ro‘yxatiga kiritilishi yamanliklarning oziq-ovqat va yoqilg‘i bilan ta’minlanishiga “halokatli ta’sir ko‘rsatgan”. 

Eslatma: 2023 yil kuzidan beri Yaman husiylari Qizil dengizdagi kemalarga muntazam hujum qilib keladi. 14 noyabr kuni guruh Isroil bilan bog‘liq bo‘lgan barcha kemalarga hujum qilishini e’lon etdi. Hujumlar tufayli yirik yuk tashish kompaniyalari kemalarning Suvaysh kanali orqali o‘tishini to‘xtatib qo‘ygan yoki ularni boshqa yo‘nalishlar bo‘ylab jo‘nata boshlagandi. 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yaman , #Husiylar , #AQSh

Aloqador xabarlar