Germaniya Isroilga qurol eksportini kuchaytirdi

O‘tgan yili Germaniya hukumati Isroilga 20,1 million yevrolik qurol sotishni ma’qullagan edi.

2089910
Germaniya Isroilga qurol eksportini kuchaytirdi

 

Germaniya 7 oktyabrdan keyin Isroilga qurol eksportini tezlashtirdi.

O‘tgan yili Germaniya hukumati Isroilga 20,1 million yevrolik qurol sotishni ma’qullagan edi.

Eksport qilinadigan qurollar orasida 3 mingta tankga qarshi qurol va pulemyotlar, avtomatlar va boshqa to'liq yoki yarim avtomatik o'qotar qurollar hamda 500 ming o'q ajralib turadi.

So'l partiya deputati Sevim Dag'delenning ta'kidlashicha, Germaniya hukumati o'tgan yili Isroilga jami 326,5 million evrolik qurol-yarog' sotgan. Bu koʻrsatkich avvalgi yillarga nisbatan oʻn baravar koʻp.

Boshqa tomondan, o'tgan yili Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Isroilga qurol eksport qilish uchun berilgan ruxsatnomalarning katta qismi G'azo sektoriga hujumlar boshlangan 7 oktyabrdan keyingi davrga tegishli ekanligi aniqlandi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #Germaniya

Aloqador xabarlar