AQSh va Germaniya Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirishga kelishib oldi

Germaniya kansleri Olaf Shols AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Germaniya Bosh vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

2089748
AQSh va Germaniya Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirishga kelishib oldi

 

Germaniya kansleri Olaf Shols AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Germaniya Bosh vazirligi tomonidan berilgan bayonotda qayd etildi.

Qayd etilishicha, yetakchilar Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirish va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilgan.

Germaniya kansleri va Jo Bayden Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan hujumini qoralash va Ukrainaga moliyaviy, harbiy va gumanitar yordamni davom ettirishga kelishib olgan.

Bayonotda Germaniyaning joriy yilda Ukrainaga 7 milliard yevrodan ortiq harbiy va moddiy yordam berishi ta’kidlandi.


Tanlangan kalimalar: #Jo Bayden , #Olaf Shols , #AQSh , #Germaniya

Aloqador xabarlar