Gretsiya turk sayyohlar uchun viza qulayligini yaratmoqchi

Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis bu haqda Gretsiya davlat televideniyesi ERTga bergan intervyusida tilga oldi.

2087236
Gretsiya turk sayyohlar uchun viza qulayligini yaratmoqchi

 

Gretsiya Bosh vaziri Kiryakos Mitsotakis mart oyida turk sayyohlar uchun viza qulayligi boshlanishini ma'lum qildi.
Mitsotakis bu haqda Gretsiya davlat televideniyesi ERTga bergan intervyusida tilga oldi.
Turkiya bilan Gretsiya o'rtasidagi munosabatlar oxirgi paytlarda normallashganiga diqqat qaratgan Mitsotakis, turk sayyohlarning 10ta orolga sayohat qilishi uchun viza qulayligini ta'minlovchi choralar mart oyida boshlanishini bildirdi.

“Gretsiya hududidagi 10ta orol bahor va yoz davomida ushbu kelishuvdan manfaatdor bo'ladi va bu kelishuv doimiy bo‘lishiga ishonaman”, dedi Mitsotakis. 

Turkiya bilan Gretsiya o'rtasidagi muloqot savdoni oshirish uchun rivojlanganligini tilga olgan Mitsotakis, tartibsiz muhojirlar mavzusida ham ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik yaxshilanganini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar