Blinken Netanyaxu bilan yopiq eshiklar ortida muzokara o‘tkazdi

Qayd etilishicha, Netanyaxu bilan Blinken o’rtasidagi uchrashuv “tarang” o’tgan va ikki davlatning urush borasidagi kelishmovchiliklari chuqurlashgan.

2086645
Blinken Netanyaxu bilan yopiq eshiklar ortida muzokara o‘tkazdi

 

Kecha, 9 yanvar kuni Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Tel-Avivdagi Mudofaa vazirligi majmuasida AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan yakkama-yakka muzokara o‘tkazdi. 

"Bosh vazir Binyamin Netanyaxu Tel-Avivdagi Mudofaa vazirligi binosida AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan yopiq eshiklar ortida uchrashuv o‘tkazmoqda. Keyinroq tor harbiy-siyosiy Vazirlar Mahkamasi a’zolari ishtirokida kengaytirilgan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi”, deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, Netanyaxu bilan Blinken o’rtasidagi uchrashuv “tarang” o’tgan va ikki davlatning urush borasidagi kelishmovchiliklari chuqurlashgan.

Isroil televideniyesi tomonidan berilgan xabarida, uchrashuvdan keyin Isroil Bosh Vazirligi tomonidan berilishi kutilayotgan qo'shma bayonot hali chop etilmagani va bu holat ikki tomon o'rtasidagi kelishmovchiliklarga ishora qilgani bildirildi.

Xabarda, AQSh va Isroil o'rtasida "urush mavzusidagi fikr farqi chuqurlashgani" ta'kidlanib, "Vashingtonning sabr-toqati tugab borayotgani" qayd etilgan.

AQSh Davlat kotibi Blinken Turkiya va Gretsiyadan keyin mintaqaviy safari doirasida Saudiya Arabistoniga, undan keyin Iordaniya, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklariga yo'l olgandi. Dushanba kuni Isroilga tashrif buyurgan Blinken Isroil Prezidenti Isxak Gersog, Bosh vazir Netanyaxu, Tashqi ishlar vaziri İsrael Katz va urush kabineti a'zolari bilan uchrashdi.

Blinkenning bugun davom etayotgan tashrifi doirasida Isroil Mudofaa vaziri Yoav Gallant, Vazirlar Mahkamasi a'zosi Benni Gantz va asosiy muxolifat yetakchisi Yair Lapid bilan uchrashishi kutilmoqda.

Blinken G'azo urushi boshlangan 7 oktyabrdan beri Yaqin Sharqqa besh marta ziyorat amalga oshirdi. U Tel Avivdan keyin G'arbiy Sohilda Falastin rasmiylari bilan uchrashgandan so'ng Misrga jo'nab ketishi kutilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Entoni Blinken , #AQSh , #Isroil

Aloqador xabarlar