Livanda uyushtirilgan hujumda 3 kishi halok bo‘ldi

Isroilga oid insonsiz havo vositasi Sur shahriga qarashli Ganduriyya qishlog‘i yaqinida bir transportga qarshi hujum uyushtirdi.

2086405
Livanda uyushtirilgan hujumda 3 kishi halok bo‘ldi

Isroilga oid insonsiz havo vositasi Livan janubida yurib ketayotgan bir transportni nishonga oldi. Hujum oqibatida ilk aniqlashlarga ko‘ra 3 kishi halok bo‘ldi.

Livanning NNA rasmiy agentligi xabariga ko‘ra Isroilga oid insonsiz havo vositasi Sur shahriga qarashli Ganduriyya qishlog‘i yaqinida bir transportga qarshi hujum uyushtirdi.

Yurib ketayotgan transportga qarshi uyushtirilgan hujum ortidan voqea joyiga tez yordam mashinalari yuborildi.

Livan matbuotida chop etilgan xabarda, hujumda 3 kishining halok bo‘lgani bildirildi.

Shuningdek, nishonga olingan transportga yaqinlashmoqchi bo‘lgan tez yordam mashinasidagi tibbiy xodimlarga yaqin nuqtaga ham raketa otilgani va shu bois ularning yengil tan jarohati olgani qayd etildi.

Isroil armiyasi o‘ldirilgan Hizbulloh qo‘mondoni Visam Husayin Tavilning Xirbat – as - Slim shahridagi uyi yaqinida ketma - ket ikkita hujum uyushtirdi.

Hujum, dafn marosimi uyushtirilgan hududdan atigi 1 - 2 kilometr uzoqlikda amalga oshirilgan.

Marosim o‘tkazilgan hududda qattiq Isroilning insonsiz havo transportlarining ovozlari eshitildi.

Eslatib o‘tamiz:

Isroil kecha Livan janubidagi Xirbat as - Slim shahri yaqinida Hizbullohning oliy darajali qo‘mondonlaridan biri Tavilni olib ketayotgan mashinaga zarba berar ekan oqibatida Tavil halok bo‘lgandi.



Aloqador xabarlar