Blinken: Isroil - Arab munosabatlarini normallashtirish uchun G‘azodagi urush tugashi kerak

Blinken, Yaqin Sharqqa uyushtirgan tashrifi doirasida Isroilga borishdan oldin aeroportda bayonot berdi.

2086056
Blinken: Isroil - Arab munosabatlarini normallashtirish uchun G‘azodagi urush tugashi kerak

Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken Isroil - Arab munosabatlarini normallashtirish uchun G‘azodagi urush tugashi kerakligini qayd etdi.

ABC News xabariga ko‘ra Blinken, Yaqin Sharqqa uyushtirgan tashrifi doirasida Isroilga borishdan oldin aeroportda bayonot berdi.

Yaqin Sharq tashrifiga e’tibor qaratgan Blinken, uchrashuvlarning mushtarak nuqtasi G‘azodagi vaziyatni barqarorlashtirish va jonlantirishga yordam berish ekanini ta’kidladi.

Blinken, Saudiya Arabistoni bilan bo‘lgan uchrashuvida Isroil - Arab munosabatlarining normallashuvi va integratsiyasi muhokama qilingani va buning uchun G‘azodagi urush tugashi kerakligi hamda Falastin davlatiga munosib yo‘l ochilishi zarurligini ta’kidladi.

AQSh Davlat kotibi Turkiya bilan Gretsiyadan keyin mintaqaga uyushtirgan tashrifi doirasida Iordaniya va Qatar ortidan Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib qaytdi.

 



Aloqador xabarlar