Shvetsiya mudofaa vaziri xalqni urushga tayyor turishga chaqirdi

Shvetsiya mudofaa vaziri Karl Oskar Bolin o‘z mamlakatida urush bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

2085598
Shvetsiya mudofaa vaziri xalqni urushga tayyor turishga chaqirdi

 

Shvetsiya mudofaa vaziri Karl Oskar Bolin o‘z mamlakatida urush bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Bolin bu haqda Salen harbiy bazasida o’tkazilgan tadbirda so'zlagan nutqida ma’lum qildi.

U Rossiyani jiddiyga olish zarurligini ta'kidlab, "Shvetsiyada ham urush bo'lishi mumkin, xalqimiz urushga tayyor bo'lishi kerak" dedi.

"Yevropadagi uningsiz ham yomon xavfsizlik holati o'tgan yili Rossiyaning Ukrainaga hujumi natijasida yanada yomonlashdi. Rossiyaning tezkor qayta qurollanishiga juda jiddiy yondashish kerak. Taxminan 210 yil davomida tinchlik shved xalqi uchun yoqimli hamroh bo'lib kelgan. Biroq, bugungi kunda bu vaziyat o'zgardi va xavfsizlik bilan bog'liq vaziyat yomonlashdi. Men mas’uliyatli vazir sifatida shved xalqiga bu haqiqatni tushuntirishim kerak”, - deydi Shvetsiya mudofaa vaziri.

Shvetsiya hukumati mamlakatning urushga kirishishi mumkinligi haqida aqliy ong hosil qilib, mudofaa qobiliyatini oshirishga harakat qilganini ifoda etgan Bolin, Ukrainaning Rossiyaga nisbatan qarshilik ko'rsatishi ham o'rnak ekanini aytdi.


Tanlangan kalimalar: #Shvetsiya

Aloqador xabarlar