Guterrish eng avvalo G‘azodagi urush to‘xtatilishi kerakligini qayd etdi

Guterrish, BMT Xavfsizlik kengashining G‘azoga yordam yetkazib berish uchun imkon qadar tezroq choralar ko‘rish masalasida 22 – dekabr kuni qabul qilingan qaror ortidan ilk hisobotini Xavfsizlik kengashiga taqdim etdi.

2085265
Guterrish eng avvalo G‘azodagi urush to‘xtatilishi kerakligini qayd etdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Isroil hujumlari davom etayotgan G‘azo bilan bog‘liq BMT Xavfsizlik kengashi (BMTXK) tomonidan qabul qilingan qaror haqidagi hisobotda, avvalom bor urusni to‘xtatishga ehtiyoj borligini qayd etdi.

Guterrish, BMT Xavfsizlik kengashining G‘azoga yordam yetkazib berish uchun imkon qadar tezroq choralar ko‘rish masalasida 22 – dekabr kuni qabul qilingan qaror ortidan ilk hisobotini Xavfsizlik kengashiga taqdim etdi.

Bosh kotib ushbu hisobotda, ayniqsa G‘azo shimolida halok bo‘lgan tinch aholi va Isroil hujumlari natijasida yuzaga kelgan vayronagarchilikning qay darajada ekaniga e’tibor qaratdi va “urushni to‘xtatishga ehtiyoj bor”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Hisobotda, Isroil Mudofaa kuchlarining aholi zich joylashgan hududlarda keng maydonli portlovchi qurollardan foydalanishi oqibatida bugungacha G‘azodagi uylarning 60 foizdan ko‘pi ziyon ko‘rgani yoki yer bilan yakson bo‘lgan bo‘lishi mumkiligini qayd etdi.

Hisobotda shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining falastinlik qochqinlarga yordam berish agentligi (UNRWA) G‘azodagi barcha obyektlarining koordinatalarini to‘qnashuvning har ikki tomoniga ham berishiga qaramay qurilishning 125 ta ta’sisiga qarshi 193 marotaba hujum uyushtirilgani, mazkur ta’sislarda jon saqlagan falastinlik 308 kishining jon bergani va qariyb 1095 kishi tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Hisobotda shuningdek, Isroilning G‘azodagi mavjud harbiy amaliyotlari boshlaganidan beri Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti, tibbiy xizmatlarini to‘xtatgan va qariyb 600 kishining umriga zomin bo‘lgan 94 ta shifoxona bilan yana boshqa tibbiy muassasalar hamda 76 ta tez yordam mashinasi ziyon ko‘rgan 294 ta hujum qayd etganiga e’tibor qaratildi.

BMT Bosh kotibi o‘z hisobotida G‘azo shimolidagi insoniy holatning jiddiy yomonlashgani masalasiga to‘xtalib, shoshilinch tarzda insonparvarlik yordamlariga ehtiyoj borligiga e’tibor qaratdi.

 



Aloqador xabarlar