Blinken: G‘azodagi vaziyat jiddiyligicha qolmoqda

Blinken, X ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali G‘azodagi vaziyatga e’tibor qaratdi.

2085320
Blinken: G‘azodagi vaziyat jiddiyligicha qolmoqda

Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibi Entoni Blinken, G‘azodagi ko‘pchilikning haligacha eng asosiy ehtiyojlarga erishishda qiynalayotgani va u yerdagilar uchun vaziyat jiddiyligicha qolayotganini qayd etdi.

Blinken, X ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali ma’lumot bo‘lishdi.

G‘azodagi vaziyatni mintaqadagi hamkorlari bilan muhokama qilish maqsadida Yaqin Sharqqa tashrif uyushtirganini qayd etgan Blinken, “Bular oson muloqotlar emas ammo ham G‘azoning kelajagi ham da isroilliklar bilan falastinliklar kelajagi uchun bu diplomatik muloqotni yuritish hayotiy ahamiyatga ega”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Blinken, 7 - oktabrdan beri mintaqaga to‘rt marotaba borgani va birinchi kundan beri urush avj olmasligi uchun chora ko‘rishga uringanini ifoda etdi.

Tashrifi doirasida hamkorlari bilan urush avj olmasligi uchun nimalar qilinishi kerakligi masalasini qo‘lga olishlarini ta’kidlagan Blinken shu doirada tinch aholini himoya qilish, insonparvarlik yordamlari miqdorini oshirish va qolgan asirlarni ozod qilish masalalari ham o‘rin olishini o‘z so‘ziga ilova etdi.

Blinken, “G‘azodagi erkaklar, ayollar va bolalarning ahvoli jiddiyligicha qolmoqda. Ko‘plab falastinlik, ayniqsa bolalar o‘ldirildi. Haligacha ko‘pchilik oziq - ovqat, suv, dori - darmon va hayot sharoitidagi eng asosiy ehtiyojlarga erishishda qiynalmoqda”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Mintaqadagi har bir kishi uchun barqaror, tinch va xavfsiz kelajak uchun tashlanuvchi qadamlarga e’tibor qaratishlarini ta’kidlagan Blinken, “G‘azoda qayta qurish, xavfsizlikni ta’minlash va falastinliklar liderligidagi yetakchilikka asos solinishi uchun G‘azoda kerakli faoliyatlar boshlaydi”. – dedi.

AQSh Davlat kotibi Blinken Turkiya, Gretsiya, Iordaniya, Qatar va Birlashgan Arab Amirliklarini o‘z ichiga olgan mintaqa safariga chiqqandi.

 



Aloqador xabarlar