Shvetsiya janubida kuchli qor yog'ishi kundalik hayotni falaj qildi

Kuchli qor, muzlash va kuchli bo'ronlar tufayli Xorbi va Kristianstad o'rtasidagi E22 avtomagistralida harakat to'xtab qoldi.

2084525
Shvetsiya janubida kuchli qor yog'ishi kundalik hayotni falaj qildi

Shvetsiya janubida kuchli qor yog'ishi kundalik hayotni falaj qildi.

Kuchli qor, muzlash va kuchli bo'ronlar tufayli Xorbi va Kristianstad o'rtasidagi E22 avtomagistralida harakat to'xtab qoldi.

Taxminan mingga yaqin avtomobil yo'lda qolib ketdi va mintaqaga qutqaruv guruhlari jo'natildi.

Seshanba kuni mamlakat shimolidagi Kvikkjokk-Arrenjarka hududida havo harorati Selsiy bo‘yicha minus 43,6 darajagacha pasaydi.

Bu so‘nggi 25 yil ichida mamlakatda qayd etilgan eng past harorat bo‘ldi.

Sovuq to'lqinning hafta oxirigacha  ta’sirli  bo'lishi kutilmoqda.

 



Aloqador xabarlar