Eronda sodir bo'lgan teraktning javobgarligini DEASH o'z zimmasiga oldi

Eronning Kirman shahrida sodir bo'lgan oldingi teraktlar uchun javobgarlikni DEASH terror tashkiloti o'z zimmasiga oldi.

2084698
Eronda sodir bo'lgan teraktning javobgarligini DEASH o'z zimmasiga oldi

 

Eronning Kirman shahrida sodir bo'lgan oldingi teraktlar uchun javobgarlikni DEASH terror tashkiloti o'z zimmasiga oldi.

Terror tashkilotiga aloqador Telegram akkauntlari orqali qilingan bayonotda Erondagi teraktlar "o'z joniga qasd qilish harakati" ekanligi ta'kidlandi.

Bayonotda, “Kermandagi Qosim Sulaymoniy qabri yonida ikki xudkush terrorchi tomonidan uyushtirilgan hujumlarda 300 dan ortiq odam nishonga olingani bildirildi.

Eron matbuotidagi noma'lum manbaga asoslangan xabarda, tekshiruvlarda, birinchi portlashning xudkush-terrorchi tomonidan amalga oshirilgan xudkushlik hujumi ekanligini aniqlaganini bildirgan.

  Xabar qilinishicha, xudkush-terrorchi erkak bo‘lib, uning shaxsini aniqlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, ikkinchi portlashning xudkush hujumi bo'lishi ehtimoli ham ko'rib chiqilgan.

2020-yil 3-yanvarda Iroqning poytaxti Bag‘dodda AQSh tomonidan uyushtirilgan suiqasd natijasida halok bo‘lgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Eron inqilob gvardiyasi korpusi Quds kuchlarining sobiq qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy vafotining 4 yilligi munosabati bilan uning Kermon shahridagi qabri yaqinida sodir etilgan teraktda ikkita portlash sodir bo'ldi.

Hujumlarda 84 kishi halok bo'ldi, 284 kishi yaralandi.

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Javobgarlik , #Deash , #Portlash , #Kirman , #Eron

Aloqador xabarlar