Nigeriyada Boko Harom tomonidan uyushtirilgan hujumlarda 12 kishi halok bo'ldi

Nigeriya shimoli-sharqidagi Borno shtatida terror tashkiloti Boko Harom xalqning oziq-ovqat mahsulotlarini talon-taroj qilgan, ko'plab uylarga o't qo'ygan.

2083577
Nigeriyada Boko Harom tomonidan uyushtirilgan hujumlarda 12 kishi halok bo'ldi

 

Nigeriya shimoli-sharqidagi Borno shtatida terror tashkiloti Boko Harom tomonidan uyushtirilgan hujumlarda 12 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Borno politsiyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi xodimi Nahum Daso Kennetning ma'lum qilishicha, Boko Harom a'zolari shtatning Chibok mintaqasidagi Gatamarva va Tsixa shaharlarida terroristik harakatlarini sodir etgan.

Hujumlar ortidan halok bo'lgan 12 kishining kimligi aniqlangan, 1 kishi o'g'irlab ketilgan.

Bundan tashqari, terroristlar xalqning oziq-ovqat mahsulotlarini talon-taroj qilgan, ko'plab uylarga o't qo'ygan. Mintaqaga xavfsizlik kuchlari safarbar qilingan va voqea yuzasidan tergov ishlari boshlangan.

Ma'lumot uchun, Nigeriyada 2000-yillarning boshidan beri Boko Harom tomonidan uyushtirilgan ommaviy zoʻravonliklarda 20 mingdan ortiq odam halok boʻldi.

Terroristik tashkilot 2015-yildan buyon mamlakat bilan chegaradosh Kamerun, Chad va Nigerda ham hujumlar uyushtirmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Boko Harom , #Nigeriya

Aloqador xabarlar