Tokio aeroportida yo‘lovchi samolyoti yonib ketdi

Samolyotdagi 367 yo'lovchi va 12 ekipaj a'zosi evakuatsiya qilingan. Yong'inni o'chirish ishlari davom etmoqda.

2083262
Tokio aeroportida  yo‘lovchi samolyoti yonib ketdi

 

Tokio aeroportida  "Japan Airlines" aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti yonib ketdi. 

Aviakompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, uning bortida 400 ga yaqin odam bo‘lgan, yo‘lovchilarning barchasi evakuatsiya qilingan.

Samolyot Xokkaydo prefekturasidagi Titose aeroportidan uchib kelgan. Ayni paytda uchoqning qirg‘oq qo‘riqlash samolyoti bilan to‘qnashib ketgani haqida taxminlar bor. 

Favqulodda hodisa joyiga bir nechta o‘t o‘chirish mashinalari yuborilgan va yong‘inni bartaraf etishga harakat qilinmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Tokio

Aloqador xabarlar