Putin Erdo‘g‘anga yangi yil tabrigi yo‘lladi

Putin, ba’zi hamkasblarini kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

2082390
Putin Erdo‘g‘anga yangi yil tabrigi yo‘lladi

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning qayd etishicha, Moskva bilan Anqara kelasi yili ikki tomonlama siyosiy muloqotni rivojlantirishni davom ettiradi.

Kreml tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Putin, ba’zi hamkasblarini kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklagan.

Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anga ham yangi yil tabrigi yo‘llagan Putin, oxirgi paytlarda Rossiya bilan Turkiya o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish uchun ko‘p ishlar amalga oshirilganiga e’tibor qaratgan.

Birgalikda olib borilgan sa’y - harakatlar natijasida har ikki davlatning ham yirik energiya va infratuzilma loyihalarini yo‘lga qo‘yganini yodga solgan Putin, Rossiya bilan Turkiyaning mintaqadagi muammolarni hal qilishga ham hissa qo‘shganini qayd etdi.

Putin, “Moskva bilan Anqara kelasi yili Yevroosiyo qit’asida xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash maqsadida do‘st xalqlar manfaati yo‘lida turli sohalarda samarali hamkorlik va ikki tomonlama siyosiy muloqotni rivojlantirishni davom ettiradi”, - degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar