AQSh Isroilni qurol jihatidan qoʻllab – quvvatlashni davom etmoqda

Jo Bayden boshchiligidagi hukumat, Kongress a’zolarining roziligisiz Isroilga qurol sotish haqida qaror qabul qildi.

2082343
AQSh Isroilni qurol jihatidan qoʻllab – quvvatlashni davom etmoqda

Amerika Qoʻshma Shtatlarida (AQSh) Prezident Jo Bayden boshchiligidagi hukumat “favqulodda vaziyat” tufayli ikkinchi marta Kongress a’zolarining roziligisiz Isroilga qurol sotish haqida qaror qabul qildi.

AQSh Davlat departamenti mazkur qaror ustidan bayonot berdi.

Ushbu bayonotda, Isroilga 147 million dollarlik tank va gaubitsa oʻqlari sotilishi ta’kidlandi.

Unda shuningdek, Davlat kotibi Entoni Blinken tomonidan Kongressga harbiy ashyolarning milliy xavfsizlik manfaatlari yoʻlida Isroil hukumatiga zudlik bilan sotishni talab qiluvchi favqulodda holat yuzaga kelgani haqida batafsil asoslar taqdim etilgani qayd etildi.

Blinken, 9 - dekabr kuni Isroilga 106 million dollardan ortiq qiymatdagi tank oʻq - dorilari sotish masalasini Kongress e’tiboriga havola qilmay turib tasdiqlagandi.



Aloqador xabarlar