Xitoyda yer silkinishi kuzatildi

Xitoyda 6,2 magnitudali yer silkinishi yuz berdi.

2078268
Xitoyda yer silkinishi kuzatildi

Xitoyda 6,2 magnitudali yer silkinishi yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 118 kishi hayotdan ko‘z yumgani ma’lum qilindi.

Epitsentri Linxia shahri ekani aytilgan yer silkinishi, Gansu va Tsinxay provinsiyalariga taʼsir qildi.

Roppa – rosa 6,2 magnitudali yer silkinishi, yerning 10 kilometr terangligida sodir bo‘ldi.

Voqeada, ilk aniqlashlarga ko‘ra 118 kishi halok bo‘ldi va 4 ming 700 dan ortiq uy ziyon ko‘rdi.

Aftershok davom etayotgan hududga, qo‘shimcha qidiruv - qutqaruv guruhlari yuborildi.

Xitoyning Shinjon - Uyg‘ur avtonom hududida ham bugun ertalab 5,5 magnitudali yer silkinishi kuzatildi.


Tanlangan kalimalar: #Xitoy , #Shinjon - Uyg‘ur , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar