Blinken Aliyev va Pashinyan bilan tinchlik muzokaralarini qo‘lga oldi

Entoni Blinken, lhom Aliyev va Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi.

2069693
Blinken Aliyev va Pashinyan bilan tinchlik muzokaralarini qo‘lga oldi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Entoni Blinken, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra Blinken Aliyev va Pashinyan bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini qo‘lga oldi.

Aliyevning “barqaror tinchlik kelishuvi”ga sodiqligini xursandchilik bilan qarshi olgan Blinken, ikki davlat oʻrtasidagi ziddiyatlar har ikki tomonda ham noxush holatlarga yo‘l ochayotganini taʼkidladi.

Blinken, ikki davlat o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini yakunlashning ahamiyatiga e’tibor qaratdi.

AQSh Davlat kotibi, Pashinyan bilan bo‘lgan muloqoti chog‘ida ham tinchlik muzokaralarining ahamiytiga e’tibor qaratdi.

Ozarbayjon Tashqi Ishlar vazirligi, 21 - noyabr kuni tinchlik kelishuvi boʻyicha Armanistonni toʻgʻridan - toʻgʻri ikki tomonlama muzokaralarni boshlashga chaqirgandi.

Vazirlik tomonidan berilgan bayonotda, Ozarbayjonning tinchlik kelishuvi loyihasi bilan bog‘liq takliflariga Armanistonning taxminan 2,5 oydan keyin javob berishni istagani va bu orqali jarayonni jiddiy ravishda kechiktirgani bildirilgandi.

Armaniston bilan Ozarbayjon chegarani aniqlash komissiyalari, 30 - noyabr kuni ikki davlat o‘rtasidagi chegara hududida uchrashadi.

 



Aloqador xabarlar