Albares: Ispaniya vaqtinchalik otashkesim muddatining uzatilishini istaydi

O‘rtayer dengizi ittifoqining 8 - mintaqaviy forumi, eng asosiy kun tartibi,  Isroil - Falastin masalasini muhokama qilish bilan boshlandi.

2069469
Albares: Ispaniya vaqtinchalik otashkesim muddatining uzatilishini istaydi

Markazi Ispaniyaning Barselona shahrida joylashgan O‘rtayer dengizi ittifoqining 8 - mintaqaviy forumi, eng asosiy kun tartibi,  Isroil - Falastin masalasini muhokama qilish bilan boshlandi.

Turkiya nomidan Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidan ishtirok etgan forumga, ittifoq tarkibidagi 43 davlatning 27 tasi nomidan tashqi ishlar vazirlari ishtirok etdi.

Yevropa ittifoqining Xavfsizlik va tashqi siyosat bo‘yicha oliy vakili Xosep Borrel va Iordaniya Tashqi Ishlar vaziri Ayman as - Safadiy hamraisiligida uyushtirilgan forumni Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares ochib berdi.

Albares unda:

“Tinchlik uchun safarbar bo‘lish arafasidamiz. Bu gal butunlay tinchlik o‘rnashi kerak. Bu yerdan aniq umid va tinchlik ustidan natija olishimiz lozim”. – dedi.

Albares shuningdek:

“Ammo G‘azodagi begunoh tinch aholining o‘limini ham aslo ko‘rmaslikka ololmaymiz. Falastinda tinch aholining o‘ldirilishini qabul qilish imkonsiz. Ispaniya, o‘q uzishni butunlay to‘xtashini va insonparvarlik yordami kafolatga olinishini istaydi”. – deya gapirdi.

Isroil va Xamas o‘rtasida erishilgan vaqtinchalik otashkesimga qo‘shgan hissasi uchun Qatar, Misr va Amerika Qo‘shma Shtatlariga (AQSh) minnatdorchilik bildirgan Albares, bugun yakun topuvchi vaqtinchalik otashkesim muddatining uzatish istagida ekanliklarini ta’kidladi.

Tashqi Ishlar vaziri Albares so‘zlari yakunida, agar Falastin G‘azoda nazoratni qayta tiklamoqchi bo‘lsa unda muammoni hal qilishning yagona yo‘li ikki davlatga asoslangan xalqaro tinchlik konferentsiyasi ekanini ifoda etdi.

Falastin Tashqi ishlar vaziri Riyod al - Malikiyning aytishicha, hamma Isroil bilan Xamas o‘rtasida qayd etilgan vaqtinchalik otashkesimning davom etishini istaydi.

Malikiy, Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Albares bilan uyushtirgan mushtarak matbuot anjumanida:

“Qatar, Misr, Yevropa ittifoqi, Ispaniya, Falastin, AQSh (doxil) hamma otashkesimni yana 1, 2, 3 kunga uzaytirish ustida ishlamoqda”. – deya gapirdi.

Isroil hujumlarida halok bo‘lganlarning 70 foizi ayollar va bolalardan iborat ekanini yodga solgan Malikiy:

“Jasadlarni sanashni to‘xtatishimiz kerak. Bunday davom etishi imkonsiz. Bugun o‘q uzishni to‘xtatish kelishuvi muddatini uzatish imkonimiz bor. Tinch aholi o‘ldirilmasligi, bizning jasadlar sonini sanashni bas qilishimiz va otashkesim davom etishi uchun Isroil hukumatiga bosim o‘tkazishni davom etishimiz kerak”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Malikiy shuningdek:

“Otashkesim 15 ming kishining o‘limi ortidan kuchga kirdi. Agar urush ertaga davom etgudek bo‘lsa, bu raqam ikki barobarga ortadi degan ma’noni anglatadi. Biz hammamiz tinch aholi va begunoh insonlarning hayotini saqlab qolish uchun harakat qilyapmiz. Otashkesimni 1, 2 yoki 3 kunga uzaytirish - bu ular hayotini qutqarish degani”. – deya gapirdi.

Falastin Tashqi ishlar vaziri shuningdek, Ispaniya hukumati tomonidan “tinchlik va adolat uchun ilgari surilgan siyosat”ga ishonishi va uni yuqori baholashini qayd etdi.

“Falastin yetakchiligi G‘azoga qaytishi va Xamasni tark etishi kerak”, - degan tanqidlarga ham javob bergan Malikiy mavzu haqida:

“Xamas 17 yil oldin toʻntarish uyushtirdi va ana shu kundan beri Gʻazo ustidan nazoratni oʻz qoʻliga oldi. Maʼmuriy boshqaruvni bizga qo‘yib berdi. U yerda 70 mingga yaqin davlat xodimi bor. Taʼlim, sogʻliqni saqlash, infratuzilma, qurilish va davlat xizmatlarining hammasi oʻsha yerda. Falastin xalqiga bizning xodimlarimiz xizmat qilmoqda.

Ya’ni biz G‘azoga qaytib borishimiz uchun u yerni tark etgan bo‘lishimiz kerak ammo biz hech qachon G‘azoni tark etmadik. Biz 17 yildan beri o‘z mas’uliyatimizdan qochmadik, qochmaymiz ham. Mas’uliyatli yetakchilik sifatida biz barcha bosib olingan Falastin hududlarida xizmat qilishni davom etamiz”. -  deya gapirdi.



Aloqador xabarlar