Navbatdagi «Yaxshilik poyezdi» Afg‘onistonning Hirot viloyatiga yetib bordi

Turkiya tomonidan yoʻlga chiqqan navbatdagi «Yaxshilik poyezdi», Afg‘onistonning Hirot viloyatiga yetib bordi.

2068876
Navbatdagi «Yaxshilik poyezdi» Afg‘onistonning Hirot viloyatiga yetib bordi
afganistan iyilik treni.jpg
afganistan iyilik treni.jpg

Turkiyada joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlar ko‘magida yigʻilgan insonparvarlik yordam ashyolarini tashigan oʻn toʻqqizinchi «Yaxshilik poyezdi», Turkmaniston chegarasidagi Turg‘undi darvozasidan Afg‘onistonning Hirot viloyatiga yetib bordi.

Chodirlar, ko‘rpa - to‘shaklar, generatorlar, oziq - ovqat, oshxona va gigiyena vositalaridan iborat 500 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami asosan Hirot viloyatining yer silkinishidan ziyon koʻrgan hududlari bilan Pokiston - Afg‘oniston chegarasida Pokistondan ortga qaytarilgan afg‘on qochqinlariga tarqatiladi.

Turkiyaning Kobul missiyasi rahbari va muvaqqat ishlar vakili Jenk Unal, Turkiyaning ogʻir damlarda  afgʻon xalqining yonida ekani, insonparvarlik yordamlarining bundan buyon ham davom etishini qayd etdi.

Oʻn toʻqqizinchi «Yaxshilik poyezdi» orqali bugungacha Afgʻonistonga yetkazib berilgan insonparvarlik yordami miqdori 8 ming 201 tonnaga yetdi.

Ushbu yordamlar Afgʻonistondagi minglab oilalarga tarqatildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Afgʻoniston , #Hirot , #Yaxshilik poyezdi

Aloqador xabarlar