Isroil otashkesimga qaramay falastinliklarni nishonga olishni davom etmoqda

Vaqtinchalik kuchga kirgan otashkesimga qaramay Isroil askarlarining Gʻazoning markaziy qismidagi Megazi qochqinlar lagerida 2 kishini nishonga oldi.

2068940
Isroil otashkesimga qaramay falastinliklarni nishonga olishni davom etmoqda

Isroil askarlarining Gʻazoning markaziy qismidagi Megazi qochqinlar lagerini oʻqqa tutishi oqibatida falastinlik bir kishi halok boʻldi, yana bir kishi esa tan jarohati oldi.

Falastin Qizil yarim oy jamiyati tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, vaqtinchalik kuchga kirgan otashkesimga qaramay Isroil askarlarining Gʻazoning markaziy qismidagi Megazi qochqinlar lagerida 2 kishini nishonga olgani qayd etildi.

Bayonotda, askarlar tomonidan oʻq uzilishi oqibatida falastinlik bir fermerning halok boʻlgani, birining esa tan jarohati olgani bildirildi.

Isroil bilan Xamas o‘rtasida kelishib olingan 4 kunlik otashkesim 24 - noyabr, haftaning juma kuni, mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da kuchga kirgandi.

Ushbu kelishuvga ko‘ra, Xamas qo‘lidagi 50 nafar isroillik asir evaziga Isroil qamoqxonalaridagi 150 nafar falastinlik ozod etilishi kerak.

Hozirgacha qamal ostidagi G‘azo sektoridan 26 nafar isroillik va Isroil qamoqxonalarida ushlab turilgan 78 nafar falastinlik ozod etildi.

Joriy yilning 7 - oktabridan beri Isroilning Gʻazoga qarshi uyushtirgan hujumlarida 15 mingga yaqin falastinlik, asosan ayollar va bolalar halok boʻldi.

 



Aloqador xabarlar