Isroilning G'azo sektori shimolidagi maktabga uyushtirgan havo hujumida 27 kishi halok bo'ldi

Isroil harbiy samolyotlarining G'azo sektori shimolidagi maktabga uyushtirgan havo hujumida 27 kishi halok bo'ldi, 93 kishi tan jarohati oldi.

2068341
Isroilning G'azo sektori shimolidagi maktabga uyushtirgan havo hujumida 27 kishi halok bo'ldi

 

Isroil harbiy samolyotlarining G'azo sektori shimolidagi maktabga uyushtirgan havo hujumida 27 kishi halok bo'ldi, 93 kishi tan jarohati oldi.

Falastin rasmiy agentligi WAFA xabariga ko'ra, Isroil harbiy samolyotlari,

G'azoning shimolidagi jibaliya qochqinlar lagerida yuzlab ko'chirilgan falastinlik boshpana bo'lgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) maktabiga havo hujumi uyushtirildi.

Hujum oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi, 93 kishi yaralandi.

Hujumda  nishonga olingan maktabning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik Qochqinlarga Yordam va Ishlar Agentligi (UNRWA)ga qarashli Abu Husayn maktabi bo‘lgani bildirildi.

Isroil harbiy samolyotlarining G‘azo sektori markaziy va janubidagi tinch aholi punktlariga uyushtirgan havo zarbalari oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘ldi va ko‘p odamlar yaralangan.

Boshqa tomondan, G'azodagi Sog'liqni saqlash vazirligi, shimoldagi Indoneziya kasalxonasining Isroil qo'shini tomonidan "qattiq bombardimon" qilinganligini bildirdi.

Uning xabar berishicha, 200 nafar yaradorlar va tibbiyot xodimlarining hayoti xavf ostida.

WAFA, Isroil askarlarining shiddatli bombardimondan so'ng shifoxonaga bostirib kirgani, yaralangan ayolni o'ldirganini, kamida 3 kishini yaralaganini va 3 kishini qo'lga olganini ma'lum qildi.

 


 

 


Tanlangan kalimalar: #Maktab , #Isroil , #Hujum , #G'azo

Aloqador xabarlar