Dominikan Respublikasidagi suv toshqinlarida 21 kishi halok bo'ldi

Mamlakat Prezidenti Luis Abinader, tabiiy ofat tufayli hayotdan ko'z yumganlar uchun 3 kunlik milliy motam e'lon qildi.

2066328
Dominikan Respublikasidagi suv toshqinlarida 21 kishi halok bo'ldi

 

Dominikan Respublikasida kuchli yog'ingarchilik sababli yuzaga kelgan suv toshqinlarida 21 kishi halok bo'ldi.

Bu haqda Favqulodda operatsiyalar markazi tomonidan berilgan bayonotda qayd etilgan.

Qayd etilishicha, mamlakatda 17-noyabrdan beri davom etayotgan kuchli yog'ingarchilik sababli yuzaga kelgan suv toshqinlarida qurbonlar soni 21 kishiga yetgan. Ulardan 4 nafari AQSh fuqarosi, 2 nafari esa Gaiti fuqarosi.

Mamlakat Prezidenti Luis Abinader, tabiiy ofat tufayli hayotdan ko'z yumganlar uchun 3 kunlik milliy motam e'lon qildi.

14 viloyatda "qizil ogohlantirish" e'lon qilingan mamlakatda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etar ekan, qurbonlar soni ortishidan xavotirlar bor.

Tabiiy ofatlarda 1583 ta uy toshqindan zarar ko'rgan, 7 ming 915 kishi xavfsiz hududlarga ko'chib o'tishga majbur bo'lgan. Suv toshqinlari tufayli ko‘plab hududlar elektr ta’minotisiz qolgan.


Tanlangan kalimalar: #Dominikan Respublikasi

Aloqador xabarlar