Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar soni ortdi

Falastinning WAFA rasmiy agentligi xabariga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari Xon Yunus va Nusayrat lagerlariga qarshi shiddatli hujum uyushtirdi.

2065977
Isroilning G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lganlar soni ortdi

Isroil samolyotlarining G‘azoning Xon Yunus va Nusayrat lagerlariga qarshi uyushtirgan bombardimonlari oqibatida falastinlik 15 kishi hayotdan ko‘z yumdi, o‘nlab kishi tan jarohati oldi.

Falastinning WAFA rasmiy agentligi xabariga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari Xon Yunus va Nusayrat lagerlariga qarshi shiddatli hujum uyushtirdi.

Isroil harbiy samolyotlarining Nusayrat lageridagi Zuhd oilasining uyini bombalashi oqibatida falastinlik 13 kishi hayotdan ko‘z yumdi, o‘nlab kishi tan jarohati oldi.

Xon Yunus hududida joylashgan Yevropa shifoxonasi yaqinida joylashgan Abu Akar oilasiga oid uyning portlatilishi natijasida ham bir ayol bilan uning bolasi halok bo‘ldi, ko‘pchilik tan jarohati oldi.

Eslatib o‘tamiz:

Xamasning Qurolli qanoti Izzaddin al - Qassam brigadalari Isroilning falastinliklar bilan ularning muqaddas qadriyatlari, xususan, Al - Aqso jome’ masjidiga qarshi uzluksiz ziyon yetkazishiga javoban 7 - oktabr haftaning shanba kuni ertalab keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Isroil armiyasi ham G‘azo sektoriga qarshi havodan kuchli bomba tashlay boshladi.

Isroilda 7 – oktabrdan beri 1 ming 200 nafardan ortiq isroillik halok bo‘lgani va 5 ming 132 nafar kishi tan jarohati olgani ma’lum qilindi.

Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 7 - oktabrdan buyon 380 nafar isroillik askar halok bo‘lgan. Ulardan 59 nafari G‘azodagi, 6 nafari esa Livan chegarasidagi to‘qnashuvlarda qayd etilgan.

Isroilga ko‘ra, Qassam brigadalari qo‘lida 239 nafar isroillik mahbus bor.

G‘azo hukumatiga ko‘ra 7 - oktabrdan beri Isroil hujumlarida G‘azo sektorida 12 ming 300 kishi, jumladan kamida 5000 nafar bola va 3 ming 300 ayol halok bo‘lgan.

Ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohil va Quddusda ham 7 – oktabrdan beri Isroil kuchlari va yahudiy ko‘chmanchilar tomonidan uyushtirilgan hujumlarda falastinlik 214 kishi hayotdan ko‘z yumdi.

Isroil armiyasi bilan Hizbulloh o‘rtasida 8 – oktabrdan beri sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda Hizbullohning 76 nafar a’zosi, Isroilning 6 askari halok bo‘ldi.

 

 



Aloqador xabarlar