Saudiya Arabistoni Favqulodda Arab Sammitiga mezbonlik qiladi

Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan Favqulodda Arab Sammiti 11-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

2062021
Saudiya Arabistoni Favqulodda Arab Sammitiga mezbonlik qiladi

 

Saudiya Arabistoni G'azo sektoridagi vaziyat muhokama qilinadigan ikki favqulodda sammitga mezbonlik qilishga tayyorlanmoqda.

Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligining yozma bayonotida, Arab Ligasi va Islom Hamkorlik Tashkilotining (IHT) muddatli raisi sifatida G'azo sektoridagi voqealar yuzasidan navbatdan tashqari yig'ilish chaqirilgani bildirildi.

Bayonotda G'azo sektoridagi inqiroz va uning xavfli gumanitar oqibatlari Favqulodda Arab Sammiti va Favqulodda Islom Sammitida muhokama qilinishi bildirildi.

Shuningdek, mintaqaviy siyosiy o'zgarishlarning Arab-Afrika sherikligiga ta'sir qilmasligi uchun Arab-Afrika sammiti sanasining keyinroq belgilanishi uchun keyinga surilgani bildirildi.

Arab Ligasi Isroilning G'azo sektoriga qilgan hujumlarini muhokama qilish uchun Saudiya Arabistoni va Falastindan talab kelganini e'lon qilgan edi.

Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan Favqulodda Arab Sammiti 11-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

IHT, shuningdek, islom davlatlari 12 noyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda o'tkaziladigan navbatdan tashqari sammitda Isroilning Falastin xalqiga qarshi hujumlarini muhokama qilishini e'lon qilgan edi.


Tanlangan kalimalar: #Saudiya Arabistoni

Aloqador xabarlar