Somalida sodir bo'lgan suv toshqinlari oqibatida 29 kishi halok bo'ldi

Mamlakatda kuchli yomg'irlar sabab bo'lgan suv toshqinlaridan taxminan 800 ming kishi zarar ko'rgan.

2062005
Somalida sodir bo'lgan suv toshqinlari oqibatida 29 kishi halok bo'ldi

 

Somalida sodir bo'lgan suv toshqinlari oqibatida 29 kishi hayotdan ko'z yumdi, 300 mingdan ortiq kishi uyini tark etishga majbur bo'ldi.

Bu haqda Somali Tabiiy ofatlarni boshqarish agentligi (SODMA) rahbari Mohamud Moallin Abdulle ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, kuchli yomg'irlar sabab bo'lgan suv toshqinlaridan taxminan 800 ming kishi zarar ko'rgan.

U shuningdek, Gedo, Bay va Bakool hududlarida, ayniqsa Jubaland va Janubi G'arbiy viloyatlarda kuchli yomg'irlar va ular keltirib chiqargan suv toshqinlari tufayli 300 mingdan ortiq odam uyini tark etishga majbur bo'lganini qayd etdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Somali

Aloqador xabarlar