Gonduras va Gvatemala sel va ko'chkilarga qarshi kurashmoqda

Gonduras Favqulodda Vaziyatlar Boshqaruvi (Copeco) tomonidan berilgan bayonotda, mamlakatning 7 hududida sariq ogohlantirish e'lon qilingan.

2061198
Gonduras va Gvatemala sel va ko'chkilarga qarshi kurashmoqda

 

Gondurasda kuchli yog'ingarchilik sababli yuzaga kelgan sel va ko'chkilar oqibatida 4 kishi halok bo'ldi.

Markaziy Amerikaning Gonduras va Gvatemala davlatlarida hafta oxiridan beri davom etayotgan kuchli yog'ingarchilik sababli yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 68 mingdan ortiq kishi jabrlangani ma’lum qilindi.

Gonduras Milliy Risk va Favqulodda Vaziyatlar Boshqaruvi (Copeco) tomonidan berilgan bayonotda, mamlakatning 7 hududida sariq ogohlantirish e'lon qilingani, yuqori bosim va namlik kirib kelishi sababli yog'ingarchilikning davom etishi bildirildi.

Hozirgacha mamlakatda 4 kishi suv toshqinlari qurboni bo‘lgan, 42 ming aholi salbiy ta’sir ko‘rgan.

Gvatemalada kuchli yomg‘ir oqibatida daryolar toshib, o‘nlab uylar suv ostida qolgan.

Tabiiy ofatlarni kamaytirish milliy koordinatori (Conred) tomonidan berilgan bayonotda, 26 ming aholi suv toshqinidan zarar ko'rgani va ba'zi joylarda evakuatsiya ishlari davom etgani qayd etildi.

2023-yil boshidan buyon mamlakatda kuchli yog‘ingarchilik tufayli yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida 58 kishi halok bo‘ldi.


Tanlangan kalimalar: #Gvatemala , #Gonduras

Aloqador xabarlar