Entoni Blinken bilan Isaak Gertsog telefon orqali muloqot qildi

Blinken Gertsogni, tinch aholining urushdan ziyon ko‘rishini iloji boricha kamaytirish uchun chora ko‘rishga chaqirdi.

2058864
Entoni Blinken bilan Isaak Gertsog telefon orqali muloqot qildi

Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) Davlat kotibi Entoni Blinken, Isroil Prezidenti Isaak Gertsog bilan telefon orqali muloqot qildi.

AQSh Davlat departamenti tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra mazkur muloqot chog‘ida Blinken Gertsogni, tinch aholining urushdan ziyon ko‘rishini iloji boricha kamaytirish uchun chora ko‘rishga chaqirgan.

Blinken Isroilning o‘zini - o‘zi mudofaa qilish huquqini himoya qilganliklarini yana bir bor ta’kidlab, G‘azoga yuborilgan insonparvarlik yordamlarining orttirilishi va mintaqaga tezroq yetkazib berilishi kerakligini ta’kidladi.

AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra esa, AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin, isroillik hamkasbi Yoav Gallant bilan Isroil - Falastin urushini qo‘lga olgan.

Harbiy amaliyotlarda tinch aholi xavfsizligiga imkon qadar ahamiyat berilishi kerakligini ifoda etgan Ostin, G‘azodagi tinch aholi uchun Rafah chegara darvozasidan o‘tuvchi insonparvarlik yordamlarining ko‘paytirilishi kerakligiga e’tibor qaratgan.

Eslatib o‘tamiz:

Hamasning harbiy qanoti Qassam brigadalari, 7 – oktabr, shanba kuni Isroilga qarshi “Aqso to‘foni” deb nomlangan keng ko‘lamli hujum uyushtirganini e‘lon qilgandi.

Bunga javoban Isroil armiyasi ham harbiy samolyotlari orqali G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” deb nomlangan amaliyot boshlatdi.

Oqibatida taranglik avj olar ekan, har ikki tomondan ham qurbonlar va tan jarohati olganlar qayd etilmoqda.

 



Aloqador xabarlar