Nigeriyada qayiq fojiasi oqibatida 15 kishi halok bo'ldi

Mayorenero tumanidagi baliq bozoridan Taraba shtatiga qaytayotgan qayiq Benue daryosida ag'darilgan. Uning bortida 100 dan ortiq yo'lovchi bo'lgan.

2057719
Nigeriyada qayiq fojiasi oqibatida 15 kishi halok bo'ldi

 

Nigeriyaning Taraba shtatida yo'lovchi qayig'ining ag'darilib ketishi oqibatida 15 kishi halok bo'ldi.

Mayorenero tumanidagi baliq bozoridan Taraba shtatiga qaytayotgan qayiq Benue daryosida ag'darilgan.

Uning bortida 100 dan ortiq yo'lovchi bo'lgan.

Hodisadan keyin boshlangan qutqaruv ishlari davomida 15 kishining jasadi topilgan.

Mintaqada qutqaruv ishlari davom etar ekan, qurbonlar soni ortishidan xavotir bor.

Nigeriyada yomg'irli mavsumda daryolar va ko'llarda vaqti-vaqti bilan qayiq halokati sodir bo'ladi.

Eslatma: 9-sentyabr kuni Niger shtatida va 11-sentyabr kuni Adamava shtatida yo‘lovchilarni olib ketayotgan qayiqlarning cho‘kib ketishi oqibatida 40 kishi halok bo‘lgandi.


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya

Aloqador xabarlar