Gebreyesus G‘azoda o‘q uzishni to‘xtatishga chaqirdi

Ghebreyesus, X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali Isroil va Falastin o‘rtasidagi keskinlik haqida post bo‘lishdi.

2056550
Gebreyesus G‘azoda o‘q uzishni to‘xtatishga chaqirdi

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus, Isroilning shiddatli hujumlari ostida qolgan G‘azoda sog‘liqni saqlash va insonparvarlik yordamining yo‘qligi minglab bemorlarni o‘lim xavfi ostida qoldirayotganini ta‘kidladi.

Ghebreyesus, X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali Isroil va Falastin o‘rtasidagi keskinlik haqida post bo‘lishdi va unda:

“G‘azoda sog‘liqni saqlash va gumanitar yordamning kamligi minglab bemorni o‘lim xavfi ostida qoldirmoqda”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Ghebreyesus shuningdek, JSST G‘azodagi insonlarga tarqatilgan mavjud oziq - ovqat, suv va yoqilg‘i cheklovlari o‘rniga o‘q uzishni to‘xtatishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz:

Hamasning harbiy qanoti Qassam brigadalari 7-oktabr haftaning shanba kuni ertalab Isroilga qarshi “Aqso to‘foni” deb nomlangan keng ko‘lamli hujum boshlatganini e’lon qildi.

G‘azodan Isroil tomon minglab raketalar otilar ekan, qurolli guruhlar mintaqadagi aholi punktlariga kirib bordi.

Isroil armiyasi ham o‘nlab qiruvchi samolyotlar orqali G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” degan nom ostida hujum boshlatganini bildirdi.

Avj olgan taranglik yuzasidan ikki tomondan ham qurbon bo‘lganlar qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #G‘azo , #JSST , #Tedros Adhanom Gebreyesus

Aloqador xabarlar