Xitoyning sobiq bosh vaziri Li Kesyan 68 yoshida vafot etdi

Li Kesyan Shanxayda ta’tilda bo‘lgan. 26 oktyabr kuni siyosatchi to‘satdan yurak xurujiga uchragan. Shifokorlar uni saqlab qolishga harakat qilishdi, biroq ertasi kuni - 27 oktyabr mahalliy vaqt bilan soat 0:10 da u vafot etgan.

2056722
Xitoyning sobiq bosh vaziri Li Kesyan 68 yoshida vafot etdi

 

Xitoy Davlat kengashi (mamlakatning oliy ijroiya organi) sobiq bosh vaziri Li Kesyan 68 yoshida vafot etdi.

Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Li Kesyan Shanxayda ta’tilda bo‘lgan. 26 oktyabr kuni siyosatchi to‘satdan yurak xurujiga uchragan. Shifokorlar uni saqlab qolishga harakat qilishdi, biroq ertasi kuni - 27 oktyabr mahalliy vaqt bilan soat 0:10 da u vafot etgan.

Li Kesyan 2013 yil mart oyida Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri etib tayinlangan, 2018 yilda esa ikkinchi besh yillik muddatga hukumat rahbari etib qayta saylangandi. 2023 yil mart oyida u o‘z lavozimini tark etdi va o‘rniga Li Syan keldi.

2013-2023-yillarda Bosh vazir lavozimida ishlagan Li, Prezident Si Tszinpin bilan birga so‘nggi 10 yil davomida Xitoy siyosatining yetakchi shaxslaridan biri bo‘lgan.

Bosh vazir bo'lgan davrida Li iqtisodiyotning kundalik boshqaruvi uchun mas'ul bo'lgan va koronavirus (Covid-19) davrida xususiy sektorni rag'batlantirish, tarkibiy islohotlar va shoshilinch iqtisodiy choralarni amalga oshirish bo'yicha rahbarlik qilgan.

Lining moliyaviy xatarlarni kamaytirish va Xitoyni muvozanatsiz iqtisodiy o'sishdan barqaror rivojlanish modeliga aylantirish uchun tarkibiy islohotlarga qaratilgan iqtisodiy siyosati "Linomika" deb nomlandi.

Pekin universitetida iqtisod fakultetida tahsil olgan Li bir vaqtlar Xitoy Kommunistik partiyasi rahbariyatini egallash uchun eng kuchli nomzodlardan biri sifatida ko‘rilgan.


Tanlangan kalimalar: #Li Kesyan , #Xitoy

Aloqador xabarlar