AQSh prezidenti Jo Bayden Benyamin Netanyahu bilan muloqot qildi

Bayden va Netanyahu G'azodan tezroq chiqib ketmoqchi bo'lgan chet el fuqarolarining xavfsiz chiqib ketishini ta'minlashga kelishib oldi.

2056071
AQSh prezidenti Jo Bayden Benyamin Netanyahu bilan muloqot qildi

 

AQSh Prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Oq uy tomonidan berilgan bayonotda qayd etilgan.

Qayd etilishicha, suhbat chog'ida G’azodagi tinch aholini himoya qilishning ahamiyatiga e’tibor qaratilgan.

Shuningdek, G’azodagi so’nggi o’zgarishlar va Hamas tomonidan garovga olingan AQSh fuqarolarining ozod etilishi masalasi muhokama qilindi.

Bayden va Netanyahu G'azodan tezroq chiqib ketmoqchi bo'lgan chet el fuqarolarining xavfsiz chiqib ketishini ta'minlashga kelishib oldi.

 AQSh Prezidenti Bayden G’azoga insonparvarlik yordami oqimi va u yerdagi tinch aholini himoya qilish muhimligini ta’kidladi.

Isroil o'z fuqarolarini terrorizmga qarshi himoya qilish uchun to'liq huquq va mas'uliyatga ega ekanligini va buni xalqaro huquq doirasida amalga oshirishi kerakligini tilga olgan Bayden, bu inqirozdan keyingi qadam Isroil va Falastin o'rtasida doimiy tinchlikka erishish yo'lini topish kerakligini ham ta'kidladi.

Ikki davlat yetakchilari doimiy muloqotda bo‘lishga kelishib oldilar.

Pentagon tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin va Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant telefon orqali muloqot qildi.

Mintaqadagi so'nggi o'zgarishlarni muhokama qilgan vazirlar, G'azodagi tinch aholini himoya qilish mavzusini ham muhokama qildi.


Tanlangan kalimalar: #Isroil , #AQSh , #Benyamin Netanyahu , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar