Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan muloqot qildi

Suhbat chog'ida AQSh prezidenti Jo Bayden Hamas tomonidan garovga olingan yana 2 kishining ozod qilinganidan mamnunligini bildirdi.

2055144
Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan muloqot qildi

 

AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon orqali muloqot qildi.

Oq uy tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, suhbat chog'ida Bayden Hamas tomonidan garovga olingan yana 2 kishining ozod qilinganidan mamnunligini bildirdi.

Bayden barcha garovga olinganlar, jumladan AQSh fuqarolari va G'azodagi tinch aholining mintaqani xavfsiz tark etishi uchun harakat qilishini yana bir bor ta'kidladi.

Gumanitar yordamlarning G'azoga kirishi davom etishi kerakligini ta'kidlagan Bayden, Netanyahuga AQShning Isroilga harbiy yordami haqida ma'lumot berdi.

AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin ham isroillik hamkasbi Yoav Galant bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog'ida LIoyd Ostin G’azoga insonparvarlik yordami oqimi va u yerdagi tinch aholini himoya qilishning muhimligini ta’kidladi.

Ikki vazir AQShning Isroilga mudofaa sohasida davom etayotgan yordamlari haqida fikr almashdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Binyamin Netanyahu , #Isroil , #Jo Bayden

Aloqador xabarlar