AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo bo‘yicha rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashida G'azoga gumanitar yordam yetkazish uchun harbiy harakatlarni "to'xtatib turish"ga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasiga veto qo'ydi.

2052936
AQSh BMT Xavfsizlik Kengashining G‘azo bo‘yicha rezolyutsiyasiga veto qo‘ydi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashida G'azoga gumanitar yordam yetkazish uchun harbiy harakatlarni "to'xtatib turish"ga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasiga veto qo'ydi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi AQShning Nyu-York shahrida Isroil va HAMAS o'rtasidagi mojarolar yuzasidan yig'ilish o'tkazdi.

Qo'shma Shtatlar G'azo sektoriga gumanitar yordam yetkazish maqsadida Isroil va XAMAS o'rtasidagi mojaroda "to'xtash"ga chaqiruvchi yig'ilishda rezolyutsiya loyihasiga veto qo'ydi.

Braziliya tomonidan tayyorlangan rezolyutsiya loyihasini 12 a’zo qo‘llab-quvvatladi, Rossiya va Buyuk Britaniya betaraf qoldi.

Rezolyutsiya loyihasida XAMASning hujumlari ham qoralangan.

Shuningdek, rezolyutsiya loyihasida tinch aholiga qarshi har qanday zo‘ravonlik va adovat va har xil terrorchilik harakatlari qoralanadi va barcha garovga olinganlarni zudlik bilan va shartsiz ozod qilishga chaqiriladi.

Dushanba kuni Rossiya tomonidan gumanitar otashkesimga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasiga veto qo'yildi.

Qassam Brigadalari 7 oktyabr kuni Isroilga qarshi "Aqsa to'foni" deb nomlangan keng qamrovli hujum uyushtirganliklarini e'lon qilgan edi.

G'azodan Isroil tomon minglab raketalar otilgan bir paytda, qurolli guruhlar mintaqadagi aholi punktlariga kirgan edi.

Isroil armiyasi ham jangovar samolyotlar bilan G’azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshlaganini ma’lum qildi.

Har ikki tomonda ham minglab qurbonlar bor.

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #veto qo'ydi , #To'xtatish , #Harakat , #Harbiy , #BMT , #AQSh

Aloqador xabarlar