Griffits bilan Bayden G‘azodagi vaziyatga e’tibor qaratdi

Griffits bilan Bayden ijtimoiy tarmoq orqali G‘azodagi vaziyatga e’tibor qaratdi.

2051237
Griffits bilan Bayden G‘azodagi vaziyatga e’tibor qaratdi
joe biden.jpg
Martin Griffiths.jpg

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) suv, elektr energiyasi, oziq - ovqat va dori - darmonlarsiz G‘azoda minglab inson halok bo‘lishi mumkinligi ustidan ogohlantirdi.

Bu haqida BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits, ijtimoiy tarmoq hisobida post qoldirdi.  

Griffits, “G‘azoning ustida o‘lim sharpasi aylanmoqda”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

“Suv, elektr energiyasi, oziq - ovqat va dori – darmonlarsiz minglab inson jon beradi”. – degan Griffits, buning haqiqat ekanini ta’kidladi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jo Bayden ham o‘zining X ijtimoiy tarmoq hisobida Falastin masalasiga e’tibor qaratdi.

Bugungacha qat’iy Isroil tarafdori pozitsiyasi bilan e’tibor tortgan Bayden,

“Falastinliklarning ko‘pchiligining Xamasning dahshatli hujumlari bilan aloqasi yo‘qligini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz kerak. Falastinliklar ular (Xamas) tufayli azob chekmoqda”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Baydenning kuzatuvchilari, uning mazkur posti ostiga: “Yo‘nalish o‘zgardimi?”, “Unda nimani kutyapsiz? “Isroilni to‘xtating”, “Shunga qaramay Isroil uchun harbiy kema jo‘natayapsiz”. - kabi turli izohlar qoldirildi.

Eslatib o‘tamiz:

Xamasning harbiy qanoti Qassam brigadalari shanba kuni ertalab Isroilga qarshi “Aqso to‘foni” deb nomlangan keng ko‘lamli hujum boshlatganini e’lon qildi.

G‘azodan Isroil tomon minglab raketalar otilar ekan, qurolli guruhlar mintaqadagi aholi punktlariga kirib bordi.

Isroil armiyasi ham o‘nlab qiruvchi samolyotlar orqali G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” degan nom ostida hujum boshlatganini bildirdi.

Avj olgan taranglik yuzasidan ikki tomondan ham qurbon bo‘lganlar qayd etildi.

 



Aloqador xabarlar