Chernogoriya G‘azodagi vaziyatga e’tibor qaratdi

Chernogoriya, G‘azodagi tinch aholini himoya qilish va muhtojlarga insonparvarlik yordami yetkazib berishga chaqirdi.

2051618
Chernogoriya G‘azodagi vaziyatga e’tibor qaratdi
Karadağ Bayrağı.jpg

Chernogoriya Tashqi Ishlar vazirligi, G‘azodagi vaziyatga e’tibor qaratdi.

Xalqaro tashkilotlar va Falastin rasmiy muassasalari tomonidan e’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra Isroil havo hujumlari boshlanganidan buyon 2 ming 670 nafardan ortiq inson halok bo’ldi, kamida 9 ming 600 nafar falastinlik tan jarohati oldi, bir millionga yaqin falastinlik o‘z uy – joyidan mahrum bo‘ldi.

Chernogoriya Tashqi Ishlar vazirligi xalqaro inson huquqlariga e’tibor qaratib, G‘azodagi tinch aholini himoya qilish va muhtojlarga insonparvarlik yordami yetkazib berishga chaqirdi.

Shuningdek, taranglikni pasaytirish uchun chora ko‘rilishi kerakligi ta’kidladi.



Aloqador xabarlar