Erdo'g'an Isroil-Hamas ziddiyatini kamaytirishda muhim rol o'ynashi mumkin

Germaniya kansleri Olaf Scholz, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning Isroil bilan Hamas o'rtasidagi taranglikni kamaytirishda muhim rol o'ynashi mumkinligini aytdi.

2050051
Erdo'g'an Isroil-Hamas ziddiyatini kamaytirishda muhim rol o'ynashi mumkin

 

Germaniya kansleri Olaf Scholz, Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning Isroil bilan Hamas o'rtasidagi taranglikni kamaytirishda muhim rol o'ynashi mumkinligini aytdi.

Scholz Bundestagda Isroil va Falastin o'rtasidagi mojarolar haqida nutq so'zladi.

Mintaqadagi barchani Isroilga qarshi yana dushmanona harakatlardan qochishga chaqirgan Scholz, "Bizning xabarimiz aniq; Isroilga hujum qilish kechirilmas xato bo'ladi" dedi.

U G'azo bilan aloqa kanallariga ega bo'lgan Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan yaqin aloqada.

Scholz, bugun Prezident Erdo'g'an bilan bir qatorda o'z mamlakatida muhim vositachilik roliga ega va undan foydalanayotgan Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamed Al Sani (Berlinda) bilan uchrashishini bildirdi.

“Uchalasi ham mavjud vaziyatga vositachilik qilish va keskinlikni kamaytirishda muhim rol o‘ynashi mumkin”. dedi.

Olaf Scholzning ta'kidlashicha, bunday dramatik vaziyatda yordam beradigan barcha kanallardan foydalanmaslik mas'uliyatsizlikdir.

"Biz buni Isroil bilan yaqin hamkorlikda va XAMAS tomonidan o'g'irlab ketilganlar uchun qilyapmiz". u aytdi.

Kelgusi hafta Iordaniya Qiroli bilan uchrashishini tilga olgan Schlolz, Hamasning Isroilga hujumi Germaniyaning Falastinliklar bilan hamkorligi uchun oqibatlarga olib kelganini bildirdi.

Falastin mintaqalari uchun barcha rivojlanish hamkorliklarini ko'rib chiqajaklarini bildirgan Scholz, bu ko'rib chiqish yakunlanmaguncha yangi rivojlanish hamkorlik fondlari taqdim eta olmasligini qayd etdi.

Bosh vazir Scholz, Germaniyaning Isroil bilan birdamligini ta'kidlab, mamlakati Isroilning yonida ekanini va Isroilning xavfsizligi Germaniyaning davlat ishi ekanini yana bir bor ta'kidladi.

Hamasning harbiy qanoti Qassam Brigadalari shanba kuni Isroilga "Aqsa to'foni" deb nomlangan keng qamrovli hujum uyushtirganini e'lon qilgan edi.

  G'azodan Isroil tomon minglab raketalar otilgan bir paytda, qurolli guruhlar mintaqadagi aholi punktlariga kirgan edi.

Isroil armiyasi ham jangovar samolyotlar bilan G’azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshlaganini ma’lum qilgan edi.

Har ikki tomonda ham yuzlab qurbonlar bor.

 

 

 



Aloqador xabarlar