AQSh Sharqiy O'rta Yer dengiziga samolyot tashuvchi flot yuboradi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Hamas tomonidan uyushtirilgan hujumlarda Isroilga yordam berishga tayyor bo'lish uchun Sharqiy O'rta Yer dengiziga samolyot tashuvchi flotni yuborishni buyurdi.

2048038
AQSh Sharqiy O'rta Yer dengiziga samolyot tashuvchi flot yuboradi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Hamas tomonidan uyushtirilgan hujumlarda Isroilga yordam berishga tayyor bo'lish uchun Sharqiy O'rta Yer dengiziga samolyot tashuvchi flotni yuborishni buyurdi.

AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) tomonidan berilgan yozma bayonotda, AQShning “mintaqaviy to’xtatib turish sa’y-harakatlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida Mudofaa vazirligining mintaqadagi mavqeini mustahkamlash uchun qadamlar qo’ygani” qayd etildi.

Bayonotda, vazir Ostinning HAMAS tomonidan uyushtirilgan hujumlarda Isroilga yordam berishga tayyor bo'lish uchun Sharqiy O'rta Yer dengiziga samolyot tashuvchi flotni yuborish haqida ko'rsatma berganligi bildirildi.

  USS Gerald R. Ford samolyot tashuvchi kemasi va unga hamroh bo'lgan kreyser va hujum kemalari Sharqiy O'rta Yer dengiziga yo'naltirilgani ta'kidlandi.

AQSh Havo kuchlarining mintaqadagi F-35, F-15, F-16 va A-10 jangovar samolyotlari flotini oshirish uchun qadamlar tashlanganligi bildirildi.

"Qo'shma Shtatlar butun dunyo bo'ylab kuchlarni kerak bo'lganda ushbu to'xtatuvchi pozitsiyani yanada kuchaytirishga tayyor." Deya bildirdi.

Bayonotda, shuningdek, Qo'shma Shtatlar Isroil armiyasiga qo'shimcha jihoz va manbalar, jumladan o'q-dorilar yetkazib berishda davom etishi ta'kidlandi.

O'tgan hafta Italiya bilan Ion dengizida dengiz mashqlarini o'tkazgan USS Gerald R. Ford hujum guruhi AQShning eng yangi va eng ilg'or samolyot tashuvchi kemasi sifatida tanilgan.

Hamasning harbiy qanoti Qassam Brigadalari shanba kuni Isroilga "Aqsa to'foni" deb nomlangan keng qamrovli hujum uyushtirganini e'lon qilgan edi.

G'azodan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar mintaqadagi aholi punktlariga kirgan edi.

Isroil armiyasi ham G’azo sektoriga qarshi jangovar samolyotlar bilan “Temir qilichlar” operatsiyasini boshlaganini ma’lum qildi.

Har ikki tomonda ham yuzlab qurbonlar bor.

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #flot , #Isroil , #Hammas , #Lloyd Ostin , #Mudofaa vaziri , #AQSh

Aloqador xabarlar