Liviyada sodir bo'lgan suv toshqinida 4333 kishi halok bo'ldi

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining (JSST) Liviya mintaqaviy idorasi shoshilinch tibbiy yordam guruhi uchun mas'ul Xeyl Hudari onlayn brifing o'tkazdi.

2046592
Liviyada sodir bo'lgan suv toshqinida 4333 kishi halok bo'ldi

 

Liviyaning sharqiy qismida 10-sentabr kuni sodir bo'lgan suv toshqinida hayotdan ko'z yumganlar soni 4 ming 333 nafar deb yangilandi.

Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining (JSST) Liviya mintaqaviy idorasi shoshilinch tibbiy yordam guruhi uchun mas'ul Xeyl Hudari onlayn brifing o'tkazdi.

Liviyada bo'ron tufayli rasman ma'lum qilingan qurbonlar soni 4 ming 333 ga ko'tarilganini ifoda etgan Hudari, jasadlarga yetib borish ishlarining davom etganini ma'lum qildi.

Falokat hududlarida 8 ming 500 kishining bedarak yo'qolganiga diqqat qaratgan Hudari, halok bo'lganlar orasida 25 nafari shifokor bo'lgan 101 nafar sog'liqni saqlash xodimining ham borligiga e'tibor qaratdi.

"Bu Liviyada sog'liqni saqlash sektori uchun katta yo'qotish". u aytdi.

10-sentabr kuni Markaziy O’rtayer dengizida ta’sir ko’rsatgan va Liviyaning sharqiy qismida sodir bo’lgan “Daniel bo’roni” Bing’ozi, Beyda, Merc, Suse va Derna shaharlarida suv toshqinlariga sabab bo’lgan edi.

Milliy Birlik Hukumati Bosh Vaziri Abdulhamid Dibeybe 11-sentabr kuni suv toshqini sababli butun mamlakat bo'ylab 3 kunlik motam e'lon qildi va Liviya Prezidentlik kengashi seldan zarar ko'rgan hududlar uchun qardosh davlatlar va xalqaro tashkilotlardan yordam so'radi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) 2 oktyabr kuni e'lon qilgan hisobotda, 4 ming 255 kishi suv toshqini tufayli hayotdan ko'z yumdi.

Ma'lum qilinishicha, 250 ming kishi toshqindan jabr ko'rgan, 40 ming kishi esa mamlakat ichida uy-joyini tashlab ketgan.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Suv toshqin , #Liviya

Aloqador xabarlar