Italiyada avtobus qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

Italiya shimolida yo‘lovchi avtobusi panjaradan o‘tib, 10 metr balandlikdan temir yo‘l relslariga qulab tushgan.

2046033
Italiyada avtobus qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

 

Kecha, 3 oktyabr kuni Italiya shimolida yo‘lovchi avtobusi panjaradan o‘tib, 10 metr balandlikdan temir yo‘l relslariga qulab tushishi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi.

Italiya matbuoti xabarlariga ko‘ra, Mestre shahridan Margeraga ketayotgan yo‘lovchi avtobusi noma’lum sababga ko‘ra yo‘l o‘tkazgichdan o‘tayotganda yo‘ldan chiqib ketgan va qulab tushgan.

Ta`kidlanishicha, avtobus taxminan 15 metr balandlikda yo'l o'tkazgich ostidan o'tuvchi temir yo'lga qulagan va yonib ketgan.

Venetsiya gubernatorligi tomonidan berilgan bayonotga ko'ra, avtohalokatda 21 kishi halok bo'lgan, 12 kishi jarohatlangan, taxminan 4-5 kishi bedarak yo‘qolgan.

Venetsiya meri Luiji Brugnaro "Rainews24" telekanaliga bergan bayonotida, katta fojia bo'lganini, halok bo'lganlarning aksariyati xorij fuqarolari ekanligini va voqea joyida Ukraina pasportlari topilganini bildirdi.

Voqeadan so‘ng Italiya prezidenti Serjio Mattarella Venetsiya meri Brugnaroga qo‘ng‘iroq qilib, avariya haqida ma’lumot olgan.

Prezident Serjio Mattarella va Italiya Bosh vaziri Jorjia Meloni qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.


Tanlangan kalimalar: #Italiya

Aloqador xabarlar