Nigeriyada neftni qayta ishlash zavodida portlash ro'y berdi

Nigeriyaning Rivers shtatidagi noqonuniy neftni qayta ishlash zavodida sodir bo'lgan portlashda 37 kishi hayotdan ko'z yumdi.

2046026
Nigeriyada neftni qayta ishlash zavodida portlash ro'y berdi

 

Nigeriyaning Rivers shtatidagi noqonuniy neftni qayta ishlash zavodida sodir bo'lgan portlashda 37 kishi hayotdan ko'z yumdi.

Arise telekanali xabariga ko‘ra, Rivers shtatining Emoxua hududidagi noqonuniy neftni qayta ishlash zavodida xom neftni qayta ishlash vaqtida portlash sodir bo‘lgan.

Portlashda 37 kishi, jumladan, homilador ayol hayotdan ko'z yumgan, ko'plab insonlar jarohatlangan.

Tegishli vakillar hududga o't o'chirish brigadalari yuborilganini va voqea yuzasidan tergov ishlari boshlanganini ma'lum qildi.

Nigeriyada yuzlab noqonuniy neftni qayta ishlash zavodlari faoliyat ko'rsatadi.

Xom neft ishlab chiqarish bo'yicha dunyoning birinchi 15 davlati orasida bo'lgan Nigeriya dunyodagi eng ko'p neft zaxiralariga ega 8-chi, neft eksporti bo'yicha esa 6-o'rinda turadi.


Tanlangan kalimalar: #Nigeriya

Aloqador xabarlar