Yevropa Ittifoqi Kosovo chegarasida harbiy kuchayishdan xavotirda

Yevropa Ittifoqi (YI) Serbiyaning Kosovo chegarasida harbiy kuchayishi "juda xavotirli" ekanini e'lon qildi va uni zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi.

2045188
Yevropa Ittifoqi Kosovo chegarasida harbiy kuchayishdan xavotirda

 

Yevropa Ittifoqi (YI) Serbiyaning Kosovo chegarasida harbiy kuchayishi "juda xavotirli" ekanini e'lon qildi va uni zudlik bilan to'xtatishga chaqirdi.

Yevropa Ittifoqi komissiyasi matbuot kotiblaridan biri Peter Stano matbuot anjumanida Serbiyaning Kosovo chegarasida harbiy kuchayishi haqidagi savolga javob berdi.

Stanoning ta'kidlashicha, birinchi va eng muhim ustuvor vazifa keskinlikni kamaytirish va xavfsizlik holatini barqarorlashtirishdir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi AQSh va boshqa ishtirokchilar bilan yaqin aloqada.

Stano, "Biz Serbiyaning Kosovo bilan ma'muriy chegara chizig'ida harbiy majmua qurayotganini ta'kidladik. Bu juda xavotirli va zudlik bilan to'xtatilishi kerak" dedi.

AQSh, shuningdek, Serbiya 29-sentabr kuni Kosovo chegarasida “misli ko‘rilmagan” harbiy kuchayganini ma’lum qildi va Belgrad ma’muriyatini o‘z kuchlarini olib chiqishga chaqirdi.

Kosovoda Serbiya 30-sentabr kuni uch xil yo'nalishdan o'z qo'shinlarini Kosovo chegara chizig'iga yaqinlashtirganini ta'kidlab,

U Belgrad ma'muriyatidan o'zining barcha harbiy qismlarini Kosovo chegarasidan zudlik bilan olib chiqishni so'raganliklarini e'lon qildi.

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar