Ispaniyadagi tungi klubda sodir bo'lgan yong'inda 13 kishi halok bo'ldi

Mursiya munitsipaliteti tabiiy ofat tufayli 3 kunlik motam e’lon qildi. Yong‘in sabablari tekshirilmoqda.

2044946
Ispaniyadagi tungi klubda sodir bo'lgan yong'inda 13 kishi halok bo'ldi

 

Kecha Ispaniyadagi tungi klubda sodir bo'lgan yong'inda halok bo'lganlar soni 13 kishiga yetdi.

Ma'lumki, kecha mamlakat janubi-sharqida joylashgan Mursiya shahridagi tungi klubda yong'in sodir bo'ldi.

Yong'in oqibatida 6 kishi hayotdan ko'z yumgan, 4 kishi esa tutundan jabrlangan.

Ko'p o'tmay qurbonlar soni 13 kishiga yetgani ma’lum qilingan.

Mursiya munitsipaliteti tabiiy ofat tufayli 3 kunlik motam e’lon qildi.

Yong‘in sabablari tekshirilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Ispaniya

Aloqador xabarlar