Moskva Sevastopoldagi hujum ustidan G‘arbni aybladi

Rossiya, Sevastopolda raketa orqali uyushtirilgan hujum munosabati bilan bayonot berdi.

2043694
Moskva Sevastopoldagi hujum ustidan G‘arbni aybladi

Rossiya, Sevastopol shahrida Qora dengiz floti shtab - kvartirasiga qarshi raketa orqali uyushtirilgan hujum munosabati bilan bayonot berdi.

Moskva, bu borada G‘arbni aybladi.

Rossiya Tashqi Ishlar vazirligi matbuot xizmati kotibi Zaxarova, hujum NATO sun’iy yo‘ldosh tizimlari yordamida oldindan rejalashtirilganini qayd etdi.

“Hujum, AQSH va Britaniya razvedka xizmatining yaqin muvofiqlashuvi yordamida amalga oshirilganidan shubhamiz yo‘q”, — dedi.

Zaxarova, hujumda foydalanilgan “Strom Shadov” raketalari Londondan yetkazib berilganini ta’kidladi.

Ukraina, 22 - sentabr kuni Sevastopolda Rossiyaning Qora dengiz floti shtab - kvartirasiga qarshi uyushtirilgan hujumda 62 nafar rus askari halok bo‘lganini bildirib, ular orasida Rossiya Qora dengiz floti qo‘mondoni Viktor Sokolov ham borligini ma’lum qilgandi. 



Aloqador xabarlar