Burkina-Fasoda davlat to‘ntarishiga urinish muvaffaqiyatsiz tugadi

To’ntaruv tashabbusiga aloqador ko’p kishining qo’lga olingani bildirilgan bayonotda, hukumatning voqeani butun yalang’ochligi bilan yuzaga chiqarishi ta’kidlandi.

2043325
Burkina-Fasoda davlat to‘ntarishiga urinish muvaffaqiyatsiz tugadi

 

Burkina-Faso harbiy maʼmuriyati 26-sentabr kuni davlat toʻntarishiga urinish bostirilganini eʼlon qildi.

Davlat to'ntarishi haqidagi mish-mishlar ortidan ko'plab namoyishchilarning ko'chaga chiqishiga sabab bo'lgan voqealar haqida bayonot berib, davlat to'ntarish tashabbusining razvedka va xavfsizlik xizmatlari tomonidan oldi olinganini bildirdi.

To’ntaruv tashabbusiga aloqador ko’p kishining qo’lga olingani bildirilgan bayonotda, hukumatning voqeani butun yalang’ochligi bilan yuzaga chiqarishi ta’kidlandi.

Bayonotda, to'ntaruv tashabbusiga aloqador bo'lgan, ammo qochishga muvaffaq bo'lganlar xavfsizlik kuchlari tomonidan qidirilayotganligi, to'ntarishga uringanlarning esa mamlakatni xaosga tortmoqchi bo'lganliklari bildirildi.

26-sentabr kuni davlat to‘ntarishi haqidagi mish-mishlar ortidan ko‘plab namoyishchilar poytaxt Vagaduguda ko‘chalarga chiqib, mamlakat rahbari Ibrohim Traoreni qo‘llab-quvvatlagan shiorlar bilan chiqishdi.

Taxminan 20 million aholiga ega mamlakat 1960-yilda mustaqillikka erishganidan beri 10 ga yaqin harbiy toʻntarish sodir etgan.

Terror hodisalari ko'payganidan so'ng, podpolkovnik Pol-Anri Sandaogo Damiba 2022 yil yanvar oyida mamlakatda hokimiyatni egallab oldi va 2022 yil sentyabr oyida kapitan Ibrohim Traore tomonidan davlat to'ntarishi amalga oshirilgan edi.

Traore davlat toʻntarishidan bir oy oʻtib qasamyod qildi va oʻtish davri prezidenti lavozimini egalladi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar