Turkiya Chernogoriyaga 3 ta harbiy mashina sovg'a qildi

Turkiya tomonidan Chernogoriyaga sovg'a qilingan 3 ta harbiy mashina tantanali ravishda Chernogoriya Mudofaa vazirligiga topshirildi.

2042089
Turkiya Chernogoriyaga 3 ta harbiy mashina sovg'a qildi

 

Turkiya tomonidan Chernogoriyaga sovg'a qilingan 3 ta harbiy mashina tantanali ravishda Chernogoriya Mudofaa vazirligiga topshirildi.

Chernogoriya Ichki ishlar vaziri va Mudofaa vazirligi koordinatori Filip Adjich va Turkiyaning Podgoritsadagi elchisi Barish Kalkavan Turkiya bilan harbiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida 2019-yilda imzolangan Harbiy-moliyaviy hamkorlik shartnomasi (AMIBA) doirasida sovg'a qilingan 3 ta harbiy mashinani topshirish marosimida ishtirok etdi. 

Podgoritsadagi "Marko Miljanov Popovich" kazarmasida bo'lib o'tgan marosimda so'zga chiqqan Adjich, ikki davlat strategik sheriklikdan tashqari, muhim aloqalarga ega ekanini ta'kidladi.

"Har ikki davlat ham NATO a’zosi, shuning uchun biz mudofaa sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashimiz va muttasil rivojlantirishimiz kerak”, - deydi u. 

Adzich shuningdek, Turkiya bilan mushtarak qadriyatlarga asoslangan munosabatlarni kelajakda ham davom ettirish istagini bildirdi.

"Bugun berilgan yordam juda katta ma'noga ega. Bu yordam Turkiyaning Chernogoriya askarlarini qo'llab-quvvatlaganidan dalolatdir. Yana bir bor minnatdorlik bildiraman",-deydi u.

Chernogoriya bilan hamkorlikni davom ettirishlarini bildirgan Turkiya elchisi Kalkavan, Turkiyadagi harbiy maktablar kelajakda Chernogoriyadan talabalarni qabul qilishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Chernogoriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar